AsosiyDunyo

Qirgʻizistonda 19 yoshli qiz sevgilisining tilini tishlab uzib oldi

Hodisa bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.

'Qirgʻizistonda 19 yoshli qiz sevgilisining tilini tishlab uzib oldi'ning rasmi

Manas tumanida kutilmagan voqea yuz berdi — 19 yoshli qiz o‘pishish paytida 26 yoshli yigitning tilini tishlab, uzib yubordi.

"Kaktus.media"ning xabar berishicha, 8 noyabr kuni sodir bo‘lgan hodisadan so‘ng yigit ogir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

Jalolobod viloyati klinik shifoxonasi direktori Qumar Botokarayevning so‘zlariga ko‘ra, bemorning til uchi va pastki labining bir qismi jarohatlangan.

"Bemor operatsiya qilindi, til tiklash mumkin. Bunday holatni o‘pishish vaqtida uchratish — mening amaliyotimda birinchi marta", — degan shifokor.

Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, hodisa to‘y marasimidan so‘ng sodir bo‘lgan, yoshlar spirtli ichimlik iste’mol qilgan. Qiz — 2006 yilda, yigit esa 1999 yilda tug‘ilgan.

Hodisa bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan, sud-tibbiy ekspertiza tayinlangan. Tergov ishlari davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Germaniyada oqova suvlardan virus aniqlandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 16:47

    Germaniyada oqova suvlardan virus aniqlandi

    Mamlakatda 1990 yildan beri ilk bor poliomielit virusi izlari topildi.

    'Zelenskiy: Rossiya bu yil neftdan kamida 37 milliard dollar zarar koʻradi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 16:01

    Zelenskiy: Rossiya bu yil neftdan kamida 37 milliard dollar zarar koʻradi

    Rossiya neft qazib olish va qayta ishlash hajmidagi pasayish tufayli joriy yilda 37 milliard dollardan ortiq zarar koʻradi.

    'Trump AQSH tarixidagi eng uzoq — 43 kunlik "shatdaun"ni yakunladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 15:28

    Trump AQSH tarixidagi eng uzoq — 43 kunlik "shatdaun"ni yakunladi

    Qonun kuchga kirishi bilan "shatdaun" davomida maoshsiz qolgan davlat xizmatchilari ishga qaytdi va to'lanmagan oyliklari ularga qoplab berildi.

    'Xitoyda yaqinda ochilgan koʻprikning bir qismi quladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 15:06

    Xitoyda yaqinda ochilgan koʻprikning bir qismi quladi

    Xitoyning Sichuan viloyatida yaqinda foydalanishga topshirilgan Hongqi ko'prigining bir qismi quladi.

    'O‘zbekistonda 14 yoshdan boshlab shaxsiy bank kartasi ochish mumkin bo‘ladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:37

    O‘zbekistonda 14 yoshdan boshlab shaxsiy bank kartasi ochish mumkin bo‘ladi

    Adliya vazirligi bank kartalarini chiqarish va ulardan foydalanish tartibini yangiladi.

    '18 yoshli Braziliyalik futbolchi ukasining tasodifiy o'qi natijasida halok bo'ldi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:04

    18 yoshli Braziliyalik futbolchi ukasining tasodifiy o'qi natijasida halok bo'ldi

    "Araguaina"ning 20 yoshgacha bo‘lganlar jamoasida chap qanot himoyachisi sifatida o‘ynagan va mahalliy musobaqalarda ishtirok etgan.