AsosiyDunyo

Trump Isroil prezidentidan Netanyaxuni afv etishni soʻradi

AQSh prezidenti Netanyaxuga qarshi ishni "siyosiy ta'qib" deb atab, uni Isroilni tinchlik sari etaklayotgan rahbar sifatida himoya qildi.

'Trump Isroil prezidentidan Netanyaxuni afv etishni soʻradi'ning rasmi

AQSh prezidenti Donald Trump Isroil prezidenti Isaaq Gertsog nomiga maktub yollab, bosh vazir Benyamin Netanyaxuga nisbatan olib borilayotgan korruptsiya tergovini to‘xtatish va uni to‘liq kechirishga chaqirdi. Bu haqda Zamon.uz nashri xabar berdi.

Trump maktubida Netanyaxuni “urush davridagi dadil va hal qiluvchi bosh vazir” deb atab, hozirda u Isroilni tinchlik sari yetaklayotganini ta’kidladi. “Men sizdan Benyamin Netanyaxuni to‘liq kechirishingizni so‘rayman”, — deb yozgan Trump, shu bilan birga Isroil sud tizimining mustaqilligiga hurmatini bildirgan, biroq Netanyaxuga qarshi ishni “siyosiy va asossiz ta’qib” deb atagan.

Shuningdek, Trump Yaqin Sharqdagi muammolarni hal etishda AQSh vositasida erishilgan yutuqlarni eslab, “Endi Bibiga ruxsat berish, Isroilni kechirish va bu urushni yakunlab, xalqni birlashtirish vaqti keldi”, — deya ta’kidlagan.

Isroil prezidenti Isaaq Gertsog bunga javoban Trumpga hurmat va minnatdorchilik bildirgan holda, “Afv etish uchun belgilangan tartibda ayblanuvchining o‘zi yoki yaqinlari tomonidan rasmiy ariza topshirilishi zarur. Netanyaxu bunday murojaat qilmagan”, — deb javob qaytardi.

The Jerusalem Post’ning ma’lumotiga ko‘ra, amaldagi qonunlarga binoan prezident afvni faqat sud boshlanishidan oldin yoki hukm chiqarilgandan so‘ng berishi mumkin, hozir esa ish bu bosqichlarning hech birida emas.

Ma’lumot uchun, Benyamin Netanyaxuga nisbatan tergov 2016 yildan beri davom etmoqda. 2019 yilda u uchta alohida jinoyat ishi bo‘yicha ayblangan. Unga nisbatan qo‘yilgan ayblovlar orasida korruptsiya, ommaaviy axborot vositalariga ta’sir o‘tkazish va qimmatbaho sovg‘alarni qabul qilish holatlari bor. Prokuratura buni manfaatlar to‘qnashuvi deb baholagan bo‘lsa, Netanyaxu himoyachilari bu ayblovlarni asossiz, siyosiy bosim natijasi sifatida ko‘rmoqda.

Isroil jamoatchiligi orasida ushbu jarayon bo‘yicha keskin fikrlar mavjud — ayrimlar bu ish siyosiy tus olganini aytib, boshqalari “qonun hamma uchun bir hil bo‘lishi kerak” degan pozitsiyada turibdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kreml: Toʻqayev Trumpdan Putinga hech qanday xabar yetkazmagan'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:44

    Kreml: Toʻqayev Trumpdan Putinga hech qanday xabar yetkazmagan

    Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning ta'kidlashicha, Qozog'iston rahbari Qosim-Jomart To'qayev Moskvaga tashrifi chog'ida Vladimir Putinga AQSh prezidenti Donald Trumpdan hech qanday "signal" yoki xabar yetkazmagan.

    'Dunyoda millionerlar eng ko'p yashaydigan davlatlar aniqlandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:44

    Dunyoda millionerlar eng ko'p yashaydigan davlatlar aniqlandi

    World Population Reviewнинг 2025 йилги ҳисоботига кўра, АҚШ миллионерлар сони бўйича, Швейцария эса уларнинг аҳолидаги улуши бўйича етакчилик қилмоқда.

    'Yevropa Rossiya bilan muloqotni tiklaydimi?'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:51

    Yevropa Rossiya bilan muloqotni tiklaydimi?

    Finlandiya prezidenti Yevropa Ittifoqi kelajakda Rossiya bilan aloqalarni tiklashi muqarrarligini aytdi.

    'Rossiyada eng ko'p YTH o'zbekistonlik haydovchilar ishtirokida sodir bo'lganmi?'ning rasmi

    Dunyo 12.11.2025 17:28

    Rossiyada eng ko'p YTH o'zbekistonlik haydovchilar ishtirokida sodir bo'lganmi?

    O'zbekiston fuqarolari baxtsiz hodisalarda aybdorlik darajasi bo'yicha 65 foiz bilan ikkinchi o'rinda qayd etilgan.

    'Istanbul sobiq meri Akrom Imomug‘li 142 ta korrupsion jinoyatda ayblandi'ning rasmi

    Dunyo 12.11.2025 17:20

    Istanbul sobiq meri Akrom Imomug‘li 142 ta korrupsion jinoyatda ayblandi

    Unga nisbatan 828 yildan 2352 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi belgilanishi mumkin.

    'Dollarning rasmiy kursi 12 ming so‘m chegarasiga yaqinlashmoqda'ning rasmi

    Dunyo 12.11.2025 16:19

    Dollarning rasmiy kursi 12 ming so‘m chegarasiga yaqinlashmoqda

    Markaziy bank 13 noyabrdan amalda bo‘ladigan xorijiy valyutalar kursini e’lon qildi.