AsosiyJamiyat

"O'zgidromet" Toshkent va Andijonda havoning ifloslanishi sababli niqob taqishni tavsiya qildi

Toshkent va Andijon shaharlarida havo sifati keskin yomonlashgani qayd etildi.

'"O'zgidromet" Toshkent va Andijonda havoning ifloslanishi sababli niqob taqishni tavsiya qildi'ning rasmi

O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati (O‘zgidromet) xabariga ko‘ra, 11 noyabr kuni Toshkent va Andijon shaharlarida atmosfera havosining ifloslanish darajasi me’yorlardan yuqori bo‘lgan.

Andijonda PM10 zarrachalari miqdori 502 mkg/m³, PM2,5 zarrachalari esa 314 mkg/m³ ni tashkil etgan — bu me’yorlardan mos ravishda 1 va 8,9 barobar yuqori. Toshkentda esa PM2,5 ko‘rsatkichi 143 mkg/m³ bo‘lib, bu me’yordan 2,4 marta yuqori ekanligi ma’lum qilindi.

O‘zgidromet fuqarolarga quyidagi tavsiyalarni berdi: – ochiq havodagi faoliyatlarni imkon qadar kamaytirish; – tashqariga chiqishda niqob taqish; – bolalar, keksa va yuraq-qon tomir kasalliklari bor fuqarolarning ehtiyot bo‘lishi.

Mutasaddilarning aytishicha, havo sifati monitoringi davom ettiriladi va ifloslanish darajasini kamaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

    Boshqa yangiliklar