AsosiyDunyo

Filippinda "Fung-Vong" tayfuni sababli bir millionga yaqin kishi evakuatsiya qilindi

Yaqinlashib kelayotgan kuchli "Fung-Vong" tayfuni tufayli Filippin hududida xavf darajasi oshirildi, Luson orolidagi aholi xavfsiz joylarga koʻchirilmokda.

'Filippinda "Fung-Vong" tayfuni sababli bir millionga yaqin kishi evakuatsiya qilindi'ning rasmi

South China Morning Post’ning yozishicha, Filippin hukumati “Fung-Vong” tayfuni xavfi tufayli qarib bir million kishini evakuatsiya qildi. Luson orolining ayrim hududlarida kuchli yomg‘ir yog‘moqda, shamol tezligi soatiga 230 km.ga etgan.

Ob-havoning yomonlashishi oqibatida 400ta aviareys bekor qilindi, maktab va ishxonalar vaqtincha yopildi. Tayfun bugun tunda Luson orolining sharqiy sohilidagi Aurora provinsiyasiga etib kelishiini kutilmog‘da.

Mamlakatning markaziy va janubi-sharqiy hududlarida eng yuqori — beshinchi darajadagi xavf e’lon qilingan.

Shu bilan birga, mamlakat hozircha avvalroq yuz bergan “Kalmaygi” tayfuni oqibatlarini bartaraf etmoqda. Ushbu ofat natijasida 224 kishi halok bo‘lgan edi.

    Boshqa yangiliklar