AsosiyJamiyat

Samarqandda hokim yordamchisi va advokat pora bilan qo'lga tushdi

Ushbu mansabdor shaxslar avval ham sudlangan boʻlib, hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlandi.

'Samarqandda hokim yordamchisi va advokat pora bilan qo'lga tushdi'ning rasmi

DHX axborot xizmatining bergan xabariga ko‘ra, Samarqand viloyati Urgut tuman tibbiyot birlashmasida aniqlandigan 61 mln. so‘mlik kamomad bo‘yicha prokuratura organlari tomonidan Jinoyat Kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi. 

Tumandagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan biridagi hokim yordamchisi mazkur jinoyat ishining unda gumonlanuvchi sifatida jalb qilingan shaxslardan biriga tegishli qismini tanishlari yordamida ijobiy hal qilib berish evaziga 2500 AQSh dollarini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlandi. 

So‘ngra hokim yordamchisi usbu pullarni mahalliy advokatlik byurosi advokatiga berishi kerakligi aniqlandi va tezkor tadbir davom ettirildi hamda mazkur qonun himoyachisi ham 2500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. 

Ma’lum bo‘lishicha, advokat mansabdor tanishlari orqali jinoyat ishining gumondor shaxsga tegishli qismini JPKning 84-moddasi bilan tugatib berishni va’da qilgan. 

Hozirda hokim yordamchisi va advokatga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmokda. 

Hokim yordamchisi muqaddam JKning 167-moddasi bilan, advokat esa 168-moddasi bilan sudlangan bo‘lishlariga qaramay, o‘z xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqarishmagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Saudiya Arabistoni o'zbekistonlik hamshiralarni ishga taklif qilmoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 20:36

    Saudiya Arabistoni o'zbekistonlik hamshiralarni ishga taklif qilmoqda

    Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 18:24

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:28

    'Surxondaryoda maktab direktori o‘zini yoqib yubormoqchi bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:19

    Surxondaryoda maktab direktori o‘zini yoqib yubormoqchi bo‘ldi

    Bunga direktorning lavozimdan olingani sabab bo‘lgan.

    'Toshkent viloyatidagi ishlab chiqarish sexida yirik yong‘in chiqdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:54

    Toshkent viloyatidagi ishlab chiqarish sexida yirik yong‘in chiqdi

    5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga etib borgan. Yong‘inni o‘chirishga bir soatdan ko‘proq vaqt sarflangan.

    'Rossiya armiyasida jang qilgan o‘zbekistonlik erkak qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:07

    Rossiya armiyasida jang qilgan o‘zbekistonlik erkak qamaldi

    50 yoshli namanganlik erkak mina portlashi oqibatida jarohatlanib, Oʻzbekistonga qaytgan.