Ovoz berish jarayonida 15 aʼzodan 14 nafari, jumladan Rossiya va AQSh, qarorni qo‘llab-quvvatladi. Xitoy esa ovoz berishdan tiyildi. Hujjatda Suriyaning suvereniteti, mustaqilligi va hududiy yaxlitligiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish zarurligi qayd etilgan.
Sanksiyalar avval "Al-Qoida" bilan bog‘liq xalqaro cheklovlar doirasida joriy etilgan edi. Britaniya, Rossiya, Fransiya va Pokiston vakillari bu qarorni Suriya iqtisodiy tiklanishi yo‘lida muhim qadam sifatida baholadi.
Suriya hukmati esa sanksiyalarning bekor qilinishi mamlakatga nisbatan ishonch ortib, uni xalqaro hamjamiyatga qayta integratsiya qilish imkonini yaratayotganini taʼkidladi.






