AsosiySiyosat

O'zbekiston AQShga 100 milliard dollarlik sarmoya kiritadi

Prezident Donald Trump O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida misli ko‘rilmagan savdo-iqtisodiy kelishuv imzolanganini ma’lum qildi.

'O'zbekiston AQShga 100 milliard dollarlik sarmoya kiritadi'ning rasmi

Ma'lumotga ko'ra, yaqin uch yil ichida O'zbekiston AQShning muhim minerallar, aviatsiya, avtomobil butlovchi qismlari, infratuzilma, qishloq xo'jaligi, energetika, kimyo va axborot texnologiyalari kabi sohalariga qariyb 35 milliard dollar sarmoya kiritadi.

Keyingi o'n yilda esa bu ko'rsatkich 100 milliard dollardan oshishi kutilmoqda.

Trump Mirziyoyevga hamkorlik uchun minnatdorlik bildirib, mamlakatlar o'rtasidagi uzoq muddatli munosabatlarga umid bildirdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ham "C5+1" sammitida usbu sarmoya dasturi haqida so'zlab, loyihalarning strategik ahamiyatga egaligini ta'kidladi.

    Boshqa yangiliklar