AsosiyJamiyat

"Toshturma" xiyoboni qurilishi nega kechikmoqda?

Mazkur holat yuzasidan hokimlik javob berdi.

'"Toshturma" xiyoboni qurilishi nega kechikmoqda?'ning rasmi

Toshkent shahar hokimligi sobiq 1-sonli tergov hibsxonasi hududida xiyobon qurilishi konservatsiya rejimi sabab kechikayotganini ma’lum qildi.

Yunusoboddagi 2,9 gektar yer 2018 yilda hokimlik balansiga o‘tkazilgan, biroq 2020 yilda "Ogneupor" MChJga kompensatsiya sifatida ajratilgan.

2024 yilda hududda 76 kvadrat metrli ma’muriy bino qurilgan. "Toshkent shahrining 2045 yilgacha bo‘lgan bosh rejasi"ga ko‘ra, yer konservatsiya zonasida va yangi binolar qurish taqiqlangan.

Xiyobon qurilishi faqat konservatsiya rejimi bekor qilinsa amalga oshirilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar