1 oktabrdan beri davom etayotgan “shutdown” AQSh tarixidagi eng uzoq hukumat inqiroziga aylandi.
Demokratlar past daromadli aholiga tibbiy sug‘urta subsidiyasini saqlab qolishni istasa, respublikachilar bu tashabbusni byudjet uchun ortiqcha xarajat deb hisoblamoqda.
Natijada federal idoralar qisman yopilgan, transport tizimi va ijtimoiy xizmatlar faoliyati izdan chiqmoqda.
Mutaxassislar shatdaun uzoq davom etsa, iqtisodiyotga milliardlab dollar zarar yetishini ogohlantirmoqda.






