Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2025 yilning yanvar-sentyabr oylarida 29 ta davlatdan qiymati 807,3 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 56 337 dona yengil avtomobil (elektromobillarni qo‘shgan holda) import qilingan.
Import hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 927 donaga oshgan.
9 oyda O‘zbekistonga eng ko‘p yengil avtomobil yetkazib bergan TOP-10 davlatlar:
Xitoy – 51 770 dona;
Koreya Respublikasi – 2 524 dona;
AQSh – 511 dona;
Yaponiya – 296 dona;
Germaniya – 265 dona;
Gonkong – 249 dona;
Rossiya – 171 dona;
Hindiston – 168 dona;
BAА – 98 dona;
Avstriya – 63 dona;
Boshqa davlatlar – 222 dona.






