4 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovlarda g‘alaba qozongan Zohran Mamdani — Nyu-York tarixidagi birinchi musulmon mer sifatida tarixga kirdi. U 5 noyabr kuni qilgan g‘alaba nutqida Nyu-Yorkning ko‘p millatli jamiyatini alohida e‘tirof etdi.
"Nyu-York, bu tun sen o‘zgarish uchun mandat berding — yangi turdagi siyosat uchun, qo‘limiz yetgan shahar uchun mandat berding", — dedi Mamdani.
U nutqida yamanlik bodega (kichik do‘kon) egalariga, senegallik taksi haydovchilariga, trinidadlik oshpaz yordamchilariga, efiopiyalik xolalarga va o‘zbek hamshiralariga minnatdorlik bildirdi.
"Yaxshiroq kelajak haqidagi va'da endi o‘tmish qoldig‘i emasligini tan olgan yangi avlod nyu-yorkliklariga rahmat. Siyosat siz bilan samimiy so‘zlashganda, rahbarlikning yangi davri boshlanishini isbotladingiz", — dedi Mamdani.
Ma'lumot uchun, u saylovda respublikachi Kyurtis Sliva va mustaqil nomzod — Nyu-York sobiq gubernatori Endryu Kuomoni ortda qoldirdi.






