AsosiyBu qiziq

Bugun tunda Oy bilan bog‘liq yana bir “super” hodisa sodir bo‘ladi

Bu yilgi eng katta va eng yorqin to‘liq Oy 5 noyabrdan 6 noyabrgа o‘tar kechasi Toshkent osmonida ko‘rinadi.

'Bugun tunda Oy bilan bog‘liq yana bir “super” hodisa sodir bo‘ladi'ning rasmi

Astronomlarning ma'lumotiga ko'ra, Oy Yerga 356 ming 832 km masofagacha yaqinlasha di. Shu sababli u odatdagidan kattaroq va yorqinroq ko'rinadi. Toshkent vaqti bilan to'liq oy fazasi 18:19 da boshlanadi, Oy esa eng yaqin nuqtaga yarim tunda etadi.

Kuzatish uchun osmon tiniq bo'lishi kifoya. Sharq yoki janubi-sharq tomoni ochiq joylar eng qulay variant. Oy horizontga yaqin paytda eng katta ko'rinadi — bu optik illuziya tufayli yuzaga keladi.

Astronomlar maxsus uskunalarsiz ham “super oy”ni kuzatish mumkinligini aytmoqda. Ammo suratga olishni istaganlar uchun eng chiroyli kadrlar Oy chiqishining dastlabki daqiqalarida paydo bo'ladi.

    Boshqa yangiliklar