AsosiyDunyo

So‘nggi ikki yilda necha nafar jurnalist o‘ldirilgani ochiqlandi

Mazkur ma'lumotni BMT bosh kotibi Antoniu Guterish ma'lum qildi.

'So‘nggi ikki yilda necha nafar jurnalist o‘ldirilgani ochiqlandi'ning rasmi

2023 yil avgustidan 2025 yil mayigacha butun dunyoda 163 nafar jurnalist halok bo‘lgan. Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ma’lum qildi.

UNESCO mazkur davrda 163 jurnalistning o‘ldirilganini qayd etgan. Ulardan 109 nafari, jumladan, 12 nafar ayol jangovar hududlarda halok bo‘lgan. Eng ko‘p qurbonlar G‘azo sektorida (46 kishi), Sudanda (13 kishi) va Ukrainada (8 kishi) aniqlandi.

Jurnalistlarga qarshi jinoyatlar urush kechmayotgan mamlakatlarda ham davom etmoqda. Masalan, Meksikada 15 nafar OAV xodimi o‘ldirilgan — bu ko‘rsatkich ayrim urush zonalaridagidan ham yuqori.

UNESCO ma’lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p jurnalist qotilliklari arab davlatlarida (82 ta), Lotin Amerikasi va Qarib havzasida (34 ta), Osiyo-Tinch okeani mintaqasida (30 ta), Afrikada (5 ta) hamda Yevropa va Shimoliy Amerikada (12 ta) qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2 noyabr — Jurnalistlarga qarshi jinoyatlar uchun jazolanishsizlikka barham berish kuni sifatida nishonlanadi. Bu sana 2013 yilda Malida o‘ldirilgan ikki frantsuz jurnalisti xotirasiga bag‘ishlangan.

“Chegarasiz muxbirlar” tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, 2023–2025 yillar oralig‘ida dunyoda kamida 1163 jurnalist hibsga olingan, ularning 568 nafari hozirgacha qamoqda saqlanmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo 03.11.2025 18:30

    'Narkojinoyatlarga qarshi kurashish, kiberxavfsizlik va prokurorlik nazorati samaradorligi oshiriladi'ning rasmi

    Dunyo 03.11.2025 16:56

    Narkojinoyatlarga qarshi kurashish, kiberxavfsizlik va prokurorlik nazorati samaradorligi oshiriladi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 noyabr kuni giyohvandlik, kiberjinoyatlar va prokurorlik nazorati sohalarini takomillashtirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

    'Ukraina dronlar bilan Saratovga hujum qildi'ning rasmi

    Dunyo 03.11.2025 14:59

    Ukraina dronlar bilan Saratovga hujum qildi

    Hujum oqibatida neft zavodi yonib ketgani xabar qilindi.

    'Estoniya va Rossiya chegarasi yaqinida 250 kilogrammli urush davridagi bomba topildi'ning rasmi

    Dunyo 03.11.2025 13:08

    Estoniya va Rossiya chegarasi yaqinida 250 kilogrammli urush davridagi bomba topildi

    Mutaxassislar ushbu topilmani Ikkinchi jahon urushi davriga oid portlovchi modda ekanligini aniklagan.

    'BAA ish joylarida sunʼiy intellektdan eng koʻp foydalanuvchi davlatga aylandi'ning rasmi

    Dunyo 03.11.2025 13:02

    BAA ish joylarida sunʼiy intellektdan eng koʻp foydalanuvchi davlatga aylandi

    So'nggi tadqiqotlarga ko'ra, Birlashgan Arab Amirliklarida ishchi-xodimlarning qariyb 60 foizi har kuni sun'iy intellekt vositalaridan foydalanadi.

    'Bu yilgi yo‘l-transport hodisalarida 1 303 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 03.11.2025 12:01

    Bu yilgi yo‘l-transport hodisalarida 1 303 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

    Oliy Majlis Senatining o‘n birinchi yalpi majlisida 2025 yilning 9 oyi davomida mamlakatsda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisalari tahliili e’lon qilindi.