AsosiyDunyo

Ukraina dronlar bilan Saratovga hujum qildi

Hujum oqibatida neft zavodi yonib ketgani xabar qilindi.

'Ukraina dronlar bilan Saratovga hujum qildi'ning rasmi

Ukraina qo‘shinlari 3 noyabrgacha o‘tar kechasi Rossiyaning Saratov viloyati hududiga dron orqali hujum uyushtirdi. Rossiya manbalariga ko‘ra, "Rosneft"ga tegishli neft qayta ishlash zavodiga zarba berilgan va AVT-6 qurilmasi atrofida yong‘in chiqqan.

Rossiya Mudofaa vazirligi ma'lumotida aytilishicha, kechasi Saratov va Rostov viloyatlarida 29 tadan dron yiqtirilgan. Viloyat hokimiyati havo hushyorligini e'lon qilgan, ammo zarar va jabrlanganlar haqida ma'lumot berilmagan.

Ma'lumot uchun, bu hujum kuz mavsumi boshlangandan beri zavodga qilingan to‘rtinchi zarba bo‘lishi mumkin. Ukraina Bosh shtabiga ko‘ra, zavod Rossiya qurolli kuchlarini yoqilg‘i bilan ta'minlaydi.

    Boshqa yangiliklar