AsosiyDunyo

Estoniya va Rossiya chegarasi yaqinida 250 kilogrammli urush davridagi bomba topildi

Mutaxassislar ushbu topilmani Ikkinchi jahon urushi davriga oid portlovchi modda ekanligini aniklagan.

'Estoniya va Rossiya chegarasi yaqinida 250 kilogrammli urush davridagi bomba topildi'ning rasmi

"Rostimees" nashriyotining yozishicha, topilma Estoniyaning Rossiya bilan chegaradosh hududida joylashgan Auvere qishlog'ida aniqlandi. Voqea joyiga etib kelgan sapyorlar bombaning "urush davridagi" havo bombasi ekanini tasdiqlab, og'irligi taxminan 250 kilogrammni tashkil etishini ma'lum qilgan. Mutaxassislar portlovchi moddani joyida yo'q qilishni rejalashtirmoqda. Hozirda xavfsizlik chorasi ko'rilib, atrofdagi aholiga portlash ovozlari haqida oldindan ogohlantirish berilgan. Ma'lumotlarga ko'ra, 1944 yilning yozida Auvere atrofida nemis va sovet qo'shinlari o'rtasida janglar bo'lib o'tgan. Topilgan bomba aynan o'sha davrga mansub bo'lib, uning 80 yildan buyon yer yuzasida saqlanib kelgani mahalliy aholini hayratda qoldirgan.

    Boshqa yangiliklar