2026 yil 1 aprelgacha fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘diradigan yoki shaharsozlik talablariga javob bermaydigan gaz va yoqilg‘i shoxobchalari xavfsiz hududlarga ko‘chiriladi.
Ko‘chiriladigan shoxobchalar uchun infratuzilmali yer maydonlari ajratiladi, ko‘chirish bilan bog‘liq xarajatlar esa qonunga muvofiq kompensatsiya qilinadi.
Shu bilan aholiga yaqin joylashgan shoxobchalar xavfsiz hududlarga ko‘chirilishi natijasida fuqarolar xavfsizligi ta’minlanadi.






