AsosiyJamiyat

Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz, salqin havo harorati kuzatiladi

2 noyabr kungi ob-havo maʼlumotlari eʼlon qilindi.

'Bugun O‘zbekistonda yog‘ingarchiliksiz, salqin havo harorati kuzatiladi'ning rasmi

O‘zgidrometning bergan xabariga ko‘ra, bugun Toshkentda havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3–8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 6–8 daraja, kunduzi 18–20 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm, shuningdek Buxoro va Navoiy viloyatlarida shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7–12 metr/sekund, ba’zi joylarda 13–18 metr/sekund gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 3–9 daraja, kunduzi 15–22 daraja.

Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlarida havo quruq, ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 5–10 daraja, kunduzi 15–20 daraja.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Harorat kechasi 6–11 daraja, kunduzi 20–25 daraja.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ayrim hududlarda tuman kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 4–9 daraja, kunduzi 15–20 daraja.

    Boshqa yangiliklar