Namanganda noqonuniy dori vositalari aylannasiga qarshi kurashish yo‘nalishida o‘tkazilgan tezkor tadbir chog‘ida qalbaki dori ishlab chiqarish sexi aniqlandi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuuvchi MChJ rahbari sanitariya talablariga javob bermaydigan joyda dori vositalarini qo‘lboda usulda tayyorlab kelgan.
Tadbir davomida umumiy qiymati 30 milliard so‘m bo‘lgan 9 turdagi dori vositalari, prekursorlar, ishlab chiqarish uskunalari va etiketlar ashyoviy dalil sifatida olindi.
Qalbaki dorilar original mahsulotlarga o‘xshab "Pivovit" (Pikovit), "Kanaseron" (Kanefron), "Espumetik" (Espumizan) kabi nomlarda ishlab chiqarilgani aniqlandi.
Hozirda ekspertiza va surishtiruv ishlari olib borilmogda. Rasmiylarga ko‘ra, bunday dori vositalarini sotish inson sog‘lig‘iga jiddiy xavf tug‘diradi va qonun oldida javobgarlikka sabab bo‘ladi.






