AsosiyDunyo

To‘qayevning sobiq maslahatchisi urib o‘ldirildi

Bobokumarov va unga oldindan tanish bo'lgan fuqaro o'rtasida chiqqan og'zaki janjal mushtlashuvga aylanib, 56 yoshli sobiq amaldor olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

'To‘qayevning sobiq maslahatchisi urib o‘ldirildi'ning rasmi

Kecha, 29 oktabr kuni Qozog‘istonda 1990 yildan buyon turli davlat lavozimlarida ishlagan Erjan Boboqumov kaltaklab o‘ldirildi. Bu haqda “Zamon.uz” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Boboqumov va unga oldindan tanish bo‘lgan fuqaro o‘rtasida chiqqan og‘zaki janjal mushtlashuvga aylangan. 56 yoshli sobiq amaldor olgan jarohatlari oqibatida vafot etgan. Sobiq davlat maslahatchisining o‘limini mamlekat Bosh prokurorining o‘rinbosari Galimjon Qo‘yg‘eldiyev ham tasdiqlagan.

Uning ta’kidlashicha, politsiya tergovgacha qadar tekshiruv o‘tkazgan va barcha tergov natijalarini kutishi kerak. “Gumonlanuvchi qo‘lga olinib, vaqtincha saqlash izolyatoriga joylashtirildi. Qotillik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovgacha qadar surishtiruv harakatlari olib borilmog‘da”, deyiladi politsiya xabarida.

Erjan Boboqumov o‘tgan yillar davomida Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Markaziy kommunikatsiyalar xizmati, Tahlil va prognozlash markaziga rahbarlik qilgan. Shuningdek, u Prezident departamenti rahbarining o‘rinbosari, Olmaota shahri hokimining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Boboqumov 2019 yilning aprel oyidan iyul oyigacha Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning maslahatchisi bo‘lgan.

    Boshqa yangiliklar