IIBB xabariga ko‘ra, 27 oktyabr kuni soat 10:00 larda Olmazor tumanida to‘xtamasdan harakatlangan haydovchi ko‘rilgan choralar natijasida ushlangan.
Tekshiruvda 1988 yilda tug‘ilgan A.I.ning hujjatlari yo‘qligi va mashina qidiruvda ekani aniqlandi.
Haydovchaga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135 va 194-moddalari bo‘yicha bayonnoma tuzildi, avtomobil esa jarima maydonchasiga joylashtirildi.
Shu bilan birga, haydovchi bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.






