AsosiyDunyo

Vafot etgan odamning 5 aʼzosi olti nafar bemorga oʻtkazildi

Olmotada muvaffaqiyatli koʻp aʼzoli transplantatsiya amaliyoti oʻtkazildi.

'Vafot etgan odamning 5 aʼzosi olti nafar bemorga oʻtkazildi'ning rasmi

Qozog‘istonda vafot etgan bemorning 5 a’zosi olti nafar bemorga o‘tkazildi. Olmaota shahridagi Markaziy shahar klinik kasalxonasida vafot etgan donorning yaqinlarining roziligi bilan o‘tkazilgan ko‘p a’zoli transplantatsiya jarayoni natijasida olti nafar bemorning hayoti saqlab qolindi. Bu haqda “Zamon.uz” nashri xabar berdi.

1962 yilda tug‘ilgan ayoldan olingan hayotiy a’zolar quyidagi bemorlarga muvaffaqiyatli o‘tkazildi:

Yurak – 1988 yilda tug‘ilgan bemorga

Jigar– 1982 yilda tug‘ilgan bemorga

O‘ng buyrak– 1996 yilda tug‘ilgan bemorga

Chap buyrak– 2017 yil oktyabridan beri transplantatsiya kutayotgan 1966 yilda tug‘ilgan bemorga

Ko‘z shoh pardasi– 1983 va 1956 yillarda tug‘ilgan bemorlarga.

 Transplantatsiya jarayoni Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika transplantatsiya va yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlarni muvofiqlashtirish markazi tomonidan tashkil etilib, Olmaotaning yetakchi transplantatsiya markazlari ishtirok etdi.

Donor yoshiga qaramay, olingan a’zolar a’lo holatda bo‘lib, ularning keyingi faoliyati uchun mos ekanligi tibbiot mutaxassislari tomonidan tasdiqlandi.

Respublika markazi donor oilasiga ularning jasoratli qarori, shuningdek, tibbiot mutaxassislariga murakkab jarayonni yuqori darajada amalga oshirganliklari uchun minnatdorchilik bildirdi.

    Boshqa yangiliklar