AsosiyJamiyat

ЎФА "Nasaf" мураббийси Рўзиқул Бердиевнинг баёноти юзасидан суриштирув бошлади

Murabbiyning OKMK – "Nasaf" o‘yinidan keyingi so‘zlari futbol jamoatchiligida rezonans keltirib chiqardi.

'ЎФА "Nasaf" мураббийси Рўзиқул Бердиевнинг баёноти юзасидан суриштирув бошлади'ning rasmi

O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi (O‘FA) “Nasaf” klubi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyevning 26 oktyabr kuni o‘tgan OKMK – “Nasaf” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida bildirgan fikrlari yuzasidan rasmiy surishtiruv boshlandi.

Berdiyev o‘z chiqishida chempionlik bahsida “Neftchi” jamoasiga ishora qilib, “agar Neftchi chempion bo‘lsa, qahramonlarni maydondan emas, maydon ortidan izlash kerak”, degan edi. Bu bayonot sportchilar va hakamlar faoliyatiga oid bahsli munozaralarga sabab bo‘ldi.

O‘FA surishtiruv futbol etikasi va sport intizomini ta’minlash maqsadida olib borilayotganini ma’lum qildi. Jarayon yakunida rasmiy qaror e’lon qilinadi.

    Boshqa yangiliklar