AsosiyJinoyat

Sirdaryoda davlat hisobidan himoya qilishi kerak bo‘lgan advokat pora bilan ushlandi

Gumonlanuvchini qulay sharoyitga o‘tkazib berish va sud jarayonini uning foydasiga hal qilish evaziga pul talab qilgan.

'Sirdaryoda davlat hisobidan himoya qilishi kerak bo‘lgan advokat pora bilan ushlandi'ning rasmi

Sirdaryo tumanidagi advokatlik byurosi advokati tergov ostidagi shaxsni Xovosdagi 8-son tergov hibsxonasidan tuman IIB vaqtincha saqlash hibsxonasiga o‘tkazish, shuningdek, keyinchalik sudda ishni uning foydasiga hal qilib berish uchun 5500 dollar talab qilgani aytilmoqda.

Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida u 4500 dollar va 6 million so‘m olayotganda qo‘lga olingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu advokat gumonlanuvchining manfaatlarini davlat hisobidan himoya qilish uchun jalb qilingan edi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Nyu-York politsiyasi "Grinch"ni qidiruvga berdi'ning rasmi

    Jinoyat 29.12.2025 10:35

    Nyu-York politsiyasi "Grinch"ni qidiruvga berdi

    Shahar politsiyasi Yangi yil arafasida hazilomuz aksiya o‘tkazib, mashhur kino qahramonini "topgan"larga 10 ming dollar mukofot va’da qildi.

    'Namanganda “Ko‘mir ta’minot” MChJ mansabdori qo‘lga olindi'ning rasmi

    Jinoyat 25.12.2025 03:58

    Namanganda “Ko‘mir ta’minot” MChJ mansabdori qo‘lga olindi

    Ko'mir ombori rahbarligiga tayinlash va vagonlar sonini oshirishni va'da qilgan amaldor 40 ming dollar talab qilgan.

    'Намангандаги тўйда 7 ёшли қизни зўрлаган эркак 18 йилга қамалди'ning rasmi

    Jinoyat 24.12.2025 14:57

    Намангандаги тўйда 7 ёшли қизни зўрлаган эркак 18 йилга қамалди

    Mahkum jazoning dastlabki uch yilini qamoqda, qolgan qismini maxsus tartibli koloniyada o‘tkazadi.

    ''ning rasmi

    Jinoyat 24.12.2025 05:40

    'Toshkentda advokat 2 ming dollar bilan ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 22.12.2025 04:39

    Toshkentda advokat 2 ming dollar bilan ushlandi

    Poytaxtda faoliyat yurituvchi advokat firibgarlik yo‘li bilan 2 ming AQSh dollarini olgan vaqtida qo‘lga olindi.

    'Shukurov ishi bo‘yicha qaror chiqargan sudyalarga xizmat tekshiruvi boshlandi'ning rasmi

    Jinoyat 19.12.2025 07:56

    Shukurov ishi bo‘yicha qaror chiqargan sudyalarga xizmat tekshiruvi boshlandi

    Akmol Shukurovni qamoqdan ozod qilgan apellyatsiya sudi qarori yuzasidan Sudyalar oliy kengashi tekshiruv tayinlandi.