AsosiyJinoyat

Chek elga ishga yuborish va'dasi bilan fuqarolarni aldash holatlari fosh etildi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

'Chek elga ishga yuborish va'dasi bilan fuqarolarni aldash holatlari fosh etildi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lumotiga ko‘ra, Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida “A.” MChJ rahbari 8 nafar fuqaroni Angliyaga ishga yuborishni va’da qilib, 12 ming dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan.

Shuningdek, Andijonda o‘tkazilgan tezkor tadbirda yana bir fuqaro Germaniyaga ishga yuborish bahonasida 1300 dollar olayotgan paytda qo‘lga olingan.

Holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

    Boshqa yangiliklar