AsosiyJamiyat

Endi moped va skuter haydovchilari guvohnomani osonroq oladi

2026 yildan boshlab moped va skuter egalari uchun yangi "A1" kichik toifali haydovchilik guvohnomasi joriy etiladi.

'Endi moped va skuter haydovchilari guvohnomani osonroq oladi'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, endilikda bu toifadagi transport vositalarini boshqarish uchun maxsus o‘quv kurslarini majburiy o‘tish talab etilmaydi — nomzodlar xohlasa mustaqil tayyorlanib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri imtihon topshirishlari mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, “A” va “B” toifadagi guvohnomaga egа haydovchilar “A1” toifadagi vositalarni ham boshqarish huquqiga egа bo‘ladilar.

2026 yil 1 apreldan esa avtomatlashtirilgan kamera orqali qayd etilgan qoidabuzarliklar uchun jarima ballari tizimi ham joriy etiladi.

    Boshqa yangiliklar