AsosiyDunyo

Rossiyada 35 foizdan ortiq migrantlar rus tili imtihonidan o'ta olmadi

Imtihon uch bo'limdan iborat bo'lib, ularda rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo'yicha bilimlar sinovdan o'tkaziladi.

'Rossiyada 35 foizdan ortiq migrantlar rus tili imtihonidan o'ta olmadi'ning rasmi

Rossiyada joriy yilning uchinchi choragida xorijliklarning 35 foizdan ortig‘i rus tili imtihonini birinchi urinishda topshira olmadi. Bu haqda RF Ta’lim va fan vazirligiga tayanib, RIA Novosti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo‘yicha imtihonni jami 275 mingdan ortiq kishi topshirgan. Ulardan 86,9 foizi muvaffaqiyatli natija ko‘rsatgan bo‘lsa-da, 35,1 foiz ishtirokchi imtihondan birinchi urinishda o‘tolmagan.

Imtihon topshirish imkoniyati Rossiyaning barcha hududlarida, shuningdek, Tojikiston va O‘zbekistondagi jami 203 ta markazda yo‘lga qo‘yilgan. Ulardan 88 tasi Rossiya oliygohlari huzurida faoliyat yuritadi.

Ma’lumot uchun, mazkur imtihonlar uch darajada o‘tkaziladi: birinchisi — ish ruxsatnomasi olish uchun, ikkinchisi — vaqtinchalik yashash huquqini olish uchun, uchinchisi esa — doimiy yashash huquqini beruvchi hujjatga ega bo‘lish uchun.

Imtihon uch bo‘limdan iborat bo‘lib, ularda rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo‘yicha bilimlar sinovdan o‘tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar