AsosiyJamiyat

Oʻzbekistonda yangi agentlik tashkil etildi

Prezidentning farmoni bilan tashkil etilgan Kasbiy ta'lim agentligining oldiga muhim vazifalar yuklatildi.

'Oʻzbekistonda yangi agentlik tashkil etildi'ning rasmi

Prezidentning "Kasbiy ta’lim tizida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni imzolandi. 

Farmon asosan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzurida Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etildi.

Bu orqali kasbiy ta’limni rivojlantirishda samarali va yaxlit boshqaruv tizimi yaratiladi.

Kasbiy ta’lim agentligi:

texnikumlar faoliyatini muvofiqlashtirish va kasbiy ta’lim sohasini boshqarishga mas’ul bo‘ladi;

kasbiy ta’lim dasturlari mazmuni, malaka darajalari, o‘qitishning minimal muddatlari, bitiruvchilar bilimini baholash mezonlari hamda o‘quv-metodik ta’minotga talablarni belgilaydi.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan «voucher» tizimi bilan qamrab olinmagan shaxslarni kasbga o‘qitadi.

Migratsiya agentligining xorijiy ish beruvchilar ehtiyojidan kelib chiqib bergan buyurtmalari asosida fuqarolarni kasbga va xorijiy tillarga o‘qitadi.

2027 yil 1 yanvardan iqtisodiyot tarmoqlaridagi ish o‘rinlariga bosqichma-bosqich Milliy malaka ramkasining tegishli darajasiga mos diplom (malaka sertifikati)ga ega xodimlarni ishga qabul qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek:

davlat kasbiy ta’lim muassasalariga ta’lim xizmatlari narxini bozor kon’yunkturasi kelib chiqib belgilash va mutaxassislarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma asosida jalb qilishga ruxsat beriladi.

Kasbiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha hududiy tadbirkorlar kengashlari tuziladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkent viloyatida Cobalt sudrab ketgan 7 yoshlidagi bolaning o‘lgani rad etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:34

    Toshkent viloyatida Cobalt sudrab ketgan 7 yoshlidagi bolaning o‘lgani rad etildi

    Toshkent viloyati IIBB YXHB YTH tafsilotlarini ochiqladi.

    'O‘zbekistonga visasiz kirish huquqiga ega davlatlar ro‘yxati 7 taga ko‘paydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:27

    O‘zbekistonga visasiz kirish huquqiga ega davlatlar ro‘yxati 7 taga ko‘paydi

    Oʻzbekiston hukumatining qaroriga koʻra, bir qator mamlakatlar fuqarolari uchun Oʻzbekistonga vizasiz kirish imkoniyati yanada kengaytirildi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:21

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:28

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:13