AsosiyJamiyat

Toshkentda bo‘lajak kuyov kelinning uyini sotib yuborib, qochib ketdi

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB munosabat bildirdi.

'Toshkentda bo‘lajak kuyov kelinning uyini sotib yuborib, qochib ketdi'ning rasmi

Poytaxtda 27 yoshli yigit bo‘lajak kelinning ishonchini suiiste'mol qilib, uning uyini firibgarlik yo‘li bilan 240 ming dollarga sotgani aniqlandi.

Toshkent shahar IIBB ma'lumoticha, 1997 yilda tug‘ilgan Sh.R. 2024 yil avgust oyida to‘y oldidan "muammolarim bor" deb bahona qilib, kelinning uyini garovga qo‘ygan. Keyin esa ushbu uyni boshqa shaxsga 240 000 AQSh dollariga sotib, qochib ketgan.

Hodisa bo‘yicha unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va qamoqqa olingan. Tergov jarayonida Sh.R. boshqa shaxslarga nisbatan ham bir nechta firibgarlik holatlarini sodir etgani ma'lum bo‘lgan. Hozirda ish Mirzo Ulug‘bek tuman sudida ko‘rib chiqilmogda.

    Boshqa yangiliklar