AsosiyJamiyat

Endi yoʻldosh aloqa tarmoq operatorlari 5 yillik soliq imtiyozlariga ega boʻladi

Qarorga ko'ra, ular QQS, mol-mulk, yer hamda foyda solig'idan ozod qilinadi.

'Endi yoʻldosh aloqa tarmoq operatorlari 5 yillik soliq imtiyozlariga ega boʻladi'ning rasmi

O‘zbekiston Prezidentining "Respublikaning olys hududlarida aloqa qamrovini oshirishda yo‘ldosh aloqa texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

2026 yil 1 yanvardan 5 yil muddatga o‘rta va past orbitalli yo‘ldosh aloqa tarmoqlarini O‘zbekiston hududida markaziy yer stansiyasi orqali tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan loyihalar doirasida:

— yo‘ldosh aloqa tarmoqlari operatorlari tomonidan yo‘ldosh aloqa tizimi orqali ko‘rsatilgan xizmatlar QQSdan stansiyalari qilinadi;

— markaziy yer stansiyalari, terminallar va yo‘ldosh aloqa infratuzilmasi ning boshqa aktiv qurilmalari joylashtirilgan telekommunikatsiya inshootlari va ularning yer maydonlari mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan ozod etiladi;

— yo‘ldosh aloqa tarmoqlari operatorlari yaratilgan yo‘ldosh aloqa tizimi orqali ko‘rsatgan xizmatlari uchun foyda solig‘idan ozod qilinadi.

    Boshqa yangiliklar