AsosiyDunyo

Markaziy Osiyo banklar EIning "qora roʻyxati"ga tushdimi?

Bu haqda Evropa Ittifoqi jurnalida e'lon qilindi.

'Markaziy Osiyo banklar EIning "qora roʻyxati"ga tushdimi?'ning rasmi

Qirgʻiziston va Tojikiston banklari Evropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi 19-sanksiyalar paketiga kiritildi. Bu haqdagі hujjat Evropa Ittifoqi jurnalida eʼlon qilindi.

Maʼlum boʻlishicha, cheklovlar nafaqat Rossiyaning kompaniya va banklariga, balki Markaziy Osiyo, Xitoy, Hindiston va Tailanddagі biznes subʼektlariga ham tatbiq etilgan.

Sanksiyalar roʻyxatiga 21 nafar jismoniy va 42 ta yuridik shaxs, shuningdek Qirgʻiziston, Qozogʻiston va Tojikistondagі bir nechta yuridik shaxslar kiritilgan. Ular ilgari joriy etilgan sanksiyalarni chetlab oʻtishda yordam berganlikda gumon qilinmoqda. Evropa Ittifoqi ularga Evropadagі hamkorlari bilan har qanday moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishni va xalqaro toʻlov tizimlaridan foydalanishni taqiqlagan.

Sanksiyalar Qirgʻizistonning “Tolubay” va “Evroosiyo jamgʻarma banki”, shuningdek Tojikistonning “Dushanbe City bank”, “Spitamen” va “Tojikiston kommers banki” faoliyatiga ham taʼsir qiladi.

Ushbu cheklovlar joriy yilning 12 noyabridan kuchga kiradi. 25 noyabrdan esa Payeer toʻlov xizmatiga nisbatan ham sanksiyalar amal qiladi.

Yangi sanksiyalar paketi Rossiyaning beshta banki, kriptobirjalari va neftʼ savdosi bilan shugʻullanuvchi kompaniyalarga ham qaratilgan boʻlib, ular Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Tojikiston, BAA, Paragvay va Gonkong orqali faoliyat yuritgan. Bundan tashqari, endi Rossiyaga atirgul, rododendron va azaliya gullarini yetkazib berish taqiqlanadi. Shuningdek, barglar, daraxt shoxlari, kurtaksiz oʻsimlik qismlari, oʻtlar, mox va lishayniklar eksporti ham man qilindi. Evropa Ittifoqi, shuningdek, Rossiyaga dvigatelli plastik oʻyinchоqlarni eksport qilishni ham taqiqladi.

    Boshqa yangiliklar