AsosiyDunyo

Hindiston Rossiyadan neft importini keskin kamaytirmoqchi

Qaror AQShning "Rosneft" va "Lukoil"ga qarshi yangi sanksiyalari bilan bog'liq.

'Hindiston Rossiyadan neft importini keskin kamaytirmoqchi'ning rasmi

Hindiston neftni qayta ishlash korxonalari AQShning Rossiyaning ikki yirik ishlab chiqaruvchisiga qarshi yangi sanktsiyalariga rioya qilish uchun Rossiya neftini xarid qilishni sezilarli darajada qisqartirishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Reuters nashri xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, bu harakat Qo'shma Shtatlar bilan savdo kelishuvi yo'lidagi asosiy to'siqlardan birini olib tashlashi mumkin. Hindiston hozirda AQShga eksport qilish uchun 50 foizlik tariflarga duch kelmoqda, ularning yarmi Rossiya neftini sotib olgani uchun qasos sifatida joriy qilingan.

Yangi Dehli Rossiyadan xom ashyo importini bosqichma-bosqich kamaytirish evaziga tariflarni Osiyoning boshqa davlatlari bilan moslashtirishi mumkin bo'lgan kelishuv bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

Rossiyaning 2022 yilda Ukrainaga keng ko'lamli bosqinidan so'ng, Hindiston joriy yilning birinchi to'qqiz oyida kuniga taxminan 1,7 million barrel import qilib, arzonlashtirilgan rus neftining eng yirik xaridoriga aylandi.

Reliance Industries, Hindistonning eng yirik xususiy kompaniyasi va Rossiya neftining asosiy xaridori, importni qisqartirishni yoki butunlay to'xtatishni rejalashtirmoqda, dedi Reuters agentligiga vaziyatdan xabardor ikki manba.

“Rossiya neftining import hajmini ko‘rib chiqish davom etmoqda va Reliance o‘z harakatlarini Hindiston hukumat ko‘rsatmalariga to‘liq moslashtirmoqda”, — deydi kompaniya vakili.

    Boshqa yangiliklar