AsosiyBu qiziq

Qoraqalpog‘istonda 70 million yillik dinozur suyaklari topildi

Tadqiqotlar yakunlangach, topilgan suyaklar O'zbekiston Davlat geologiya muzeyiga topshirilib, jamoatchilikga namoyish etilishi kutilmogda.

'Qoraqalpog‘istonda 70 million yillik dinozur suyaklari topildi'ning rasmi

Berdah nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat universiteti olimlari hamda Geologiya davlat muzeyi mutaxassislari hamkorligida olib borilgan qazishmalar natijasida qadimgi dinozavr suyaklari aniqlandi.

Qoraqalpog‘istonda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar davomida bundan 70 million yil avval yashagan deb taxmin qilinayotgan dinozavr qoldiqlari topildi. Bu haqda "O‘zbekiston-24" telekanali xabar berdi.

Izlanishlar Berdah nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat universiteti olimlari va O‘zbekiston Davlat geologiya muzeyi mutaxassislari hamkorligida amalga oshirilgan. Mutasaddilarning aytishicha, topilgan suyaklar ulkan dinozavr turiga tegishli bo‘lishi mumkin.

Muzey direktori Ahmadjon Ahmadshayev ma’lum qilishicha, tadqiqot o‘tkazilgan joyda umurtqa bo‘laklari, oyoq suyaklarining qismlari va boshqa suyak fragmentlari topilgan. Ular bor davriga tegishli bo‘lib, turi va yoshi xalqaro ekspertlar ishtirokidagi laboratoriya tahllillaridan so‘ng aniklanadi.

Tadqiqotlar yakunlangach, topilgan suyaklar O‘zbekiston Davlat geologiya muzeyiga topshirilib, jamoatchilikka namoyish etilishi kutilmokda.

    Boshqa yangiliklar