AsosiyDunyo

Yamanda husiylar 20 nafar BMT hodimini hibsga oldi

Hodimlar josuslikda ayblandi, ularning ayrimlari so‘roqdan so‘ng ozod qilindi.

'Yamanda husiylar 20 nafar BMT hodimini hibsga oldi'ning rasmi

Yaman poytahti Sana shahrining janubi-g‘arbiy qismida husiy isyonchilari BMTga qarashli 20 nafar xodimni josuslikda ayblab hibsga oldi. Bu haqda “The Guardian” nashri xabar berdi.

Ular orasida 5 nafar yamanlik va 15 nafar chet ellik xodim bo‘lgan. 19 oktyabr kuni ularning 11 nafari so‘roqdan so‘ng ozod qilingan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bu 24 soat ichida BMT binosiga uyushtirilgan ikkinchi reyd hisoblanadi.

BMT vakilining so‘zlariga ko‘ra, husiylar tashkilot binosidagi barcha aloqa vositalarini — telefonlar, serverlar va kompyuterlarni musodara qilgan.

Hibsga olinganlar orasida UNICEF, Jahon oziq-ovqat dasturi (WFP) va Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi (OCHA) xodimlari ham bor.

Avvalroq, husiylar shu yilning 31 avgustida ham BMT xodimlarini hibsga olib, texnik jihozlarni musodara qilgani ma’lum qilingan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Ayol 15 yilda 400 ta plastik operatsiya o‘tkazdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:58

    Ayol 15 yilda 400 ta plastik operatsiya o‘tkazdi

    U bu uchun taxminan 210 ming dollar sarflagan.

    'Ispaniyada qora mushuklarni boqish taqiqlandi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 17:25

    Ispaniyada qora mushuklarni boqish taqiqlandi

    Bu vaqtincha cheklov ekani aytilmoqda.

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 16:15

    'Shimoliy koreyalik harbiy Janubga qochib o'tdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:45

    Shimoliy koreyalik harbiy Janubga qochib o'tdi

    Demarkatsiya chizigʻini kesib oʻtgan askar qoʻlga olindi.

    'Xitoy AQShni strategik ahamiyatga ega kiberhujumlarda aybladi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:48

    Xitoy AQShni strategik ahamiyatga ega kiberhujumlarda aybladi

    AQSh razvedkasi Xitoyning Milliy vaqt xizmatiga buzib kirib, tizimlarni izdan chiqarishga uringan.

    'Tartibsizliklar sabab Tel-Aviv derbisi bekor qilindi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:37

    Tartibsizliklar sabab Tel-Aviv derbisi bekor qilindi

    "Hapoel" va "Makkabi" o'yinida tutunli granatalar va salyutlar qo'llandi, 21 kishi qo'lga olindi