AsosiyJamiyat

Surxondaryoda Cobalt va Nexia toʻqnashdi

Hodisa ortidan bir kishi halok bo‘lgan.

'Surxondaryoda Cobalt va Nexia toʻqnashdi'ning rasmi

19 oktyabr kuni soat 09:40 larda Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanidagi D-162 (4R-104) avtomobil yo‘lining 7-kilometrida Cobalt va Nexia 2 avtomobillari ishtirokida og‘ir yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. 1997 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Cobalt mashinasi qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, 1986 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqargan Nexia 2 avtomobiliga urilgan. To‘qnashuv oqibatida Nexia'da yo‘lovchi sifatida ketayotgan 1963 yilda tug‘ilgan erkak voqea joyida vafot etgan. Yana bir yo‘lovchi — 1959 yilda tug‘ilgan ayol esa Qumqo‘rg‘on tuman shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga etkazilgan. Hozirda hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov-surishtiruv ishlari olib borilmogda. Viloyat YXHB haydovchilarga yo‘l harakati qoidalariga qat'iy amal qilish, ayniqsa, charchagan holatda rulga o‘tirmaslikni tavsiya qilmogda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Pedo fillarga nisbatan qat'iy jazo zarur'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:28

    Pedo fillarga nisbatan qat'iy jazo zarur

    Bolaning hayoti bilan o'ynash mumkin emas. Bu faqat jinoyat emas — insoniylikka qarshi qo'zg'olon.

    'Qoraqalpog‘istonnning “Baliq qarma” taomi endi rasmiy himoyada'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:52

    Qoraqalpog‘istonnning “Baliq qarma” taomi endi rasmiy himoyada

    Milliy taom geografik koʻrsatkich sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

    'O‘zbekistonda 9 oyda qancha oila ajrashgani aytildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:06

    O‘zbekistonda 9 oyda qancha oila ajrashgani aytildi

    Ajrimlar soni 50 mingdan oshiq sud jarayoni bilan ko‘rib chiqilgan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 19.10.2025 19:01

    'Vazir yosh bolani qutqargan talabani taqdirladi'ning rasmi

    Jamiyat 19.10.2025 17:51

    Vazir yosh bolani qutqargan talabani taqdirladi

    Talaba tashakkurnoma hamda esdalik sovg'asi bilan taqdirlandi.

    'Surxondaryoda arxitektor pora bilan ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat 19.10.2025 16:36

    Surxondaryoda arxitektor pora bilan ushlandi

    Qurilish ishlarini loyihalashtirishga ixtisoslashgan MChJ arxitektori pora olgan vaqtida ushlandi.