AsosiyDunyo

Louvrni talaganlar chet ellik boʻlishi mumkin

Jinoyatchilar Apollon galereyasidan qimmatbaho taqinchoqlarni o'g'irladi.

'Louvrni talaganlar chet ellik boʻlishi mumkin'ning rasmi

Parijdagi mashhur Lur muzeyida 19 oktyabr kuni ertalab sodir bo‘lgan jasoratli o‘g‘irlik tafsilotlari e’lon qilindi. Frantsiya Ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, jinoyatchilar muzey xodimlari formasida bo‘lib, qurilish krani yordamida binoga kirgan va qimmatbaho buyumlarni olib ketgan.

Uch-to‘rt kishilik guruh Apollon galereyasida ikkita vitrinani ochib, ichidagi taqinchoqlarni olib chiqqan. Ular skuterlarda kelib, tezda voqea joyidan qochib ketgan. Tergov davomida imperatritsa Yevgeniyaga tegishli, 1 354 dona brilliant va 56 zumraddan iborat toj muzey atrofidan topilgan. Mutaxassislar bu jinoyatni tajribali va uyushgan jamoa amalga oshirganini bildirgan.

Banditizmga qarshi kurash politsiyasi ishni o‘z nazoratiga oldi. Ichki ishlar vaziri Loran Nunes jinoyatchilar chet ellik bo‘lishi mumkinligini aytib, ularni tez orada topishga umid bildirdi.

    Boshqa yangiliklar