Qozog‘istonda mast ayol uchastka nozirining orqasiga pichoq sanchgan. Bu haqda “Tengrinews.kz” nashri xabar berdi.
Atirau viloyati IIB ma’lumotlariga ko‘ra, bu 16 oktyabr kuni soat 20:50 atrofida sodir bo‘lgan. O‘shanda Privokzalniy mikrorayonidagi uylardan birida oilaviy janjal tufayli ikki nafar Politsiya noziri chaqiruv bo‘yicha yetib kelgan.
“Xodimlar jabrlanuvchilarni oilaviy-maishiy sohadagi zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha o‘z majburiyatlari doirasida harakat qilish chog‘ida, oilaviy janjalni keltirib chiqargan erkakni olib ketishga urinish paytida, xonadonda bo‘lgan janjal ishtirokchisi - mast holatdagi erkaning turmush o‘rtog‘i to‘satdan uchastka xodimlaridan birining orqa sohasiga oshxona pichog‘i bilan zarba bergan,” — deyiladi xabarda.
Sherigi o‘z vaqtida reaktsiya ko‘rsatib, hujumni bartaraf etgan.