AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda kelin va sheriklari pul uchun 61 yoshli ayolni oldirgani aytilmoqda

Ushbu mudhish voqea 25 may kuni yuz bergani e'lon qilingan.

'Qashqadaryoda kelin va sheriklari pul uchun 61 yoshli ayolni oldirgani aytilmoqda'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda kelin va sheriklari pul uchun 61 yoshli ayolni vahshiylarcha o‘ldirdi degan xabar tarqaldi.

Qayd etilishicha, voqea Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida sodir bo‘lgan. 23 yoshli kelin yillar davomida yig‘ilgan mablag‘ni qo‘lga kiritish maqsadida o‘zining onasiday bo‘lgan qaynonasining o‘limiga sabab bo‘ldi.

2025 yil 25 may kuni uyda yolg‘iz qolgan 61 yoshli ayolga qarshi oldindan rejalashtirilgan qotillik sodir etilgan.

Kelinning 32 yoshli erkak jinoyiy sherigi uyni elektir tokidan uzib, kuzatuv kameralarini o‘chirgan. So‘ng ayolni bo‘g‘ib o‘ldirib, pullarni o‘marib, uyni yoqib yuborgan.

Voqea yuzasidan kelin, uning singlisi hamda ikki erkakdan iborat to‘rtlik qamoqqa olingan. Jinoyat ishi ayni paytda G‘uzor tuman sudida ko‘rib chiqilmogda.

    Boshqa yangiliklar