Qirgʻizistonning Issiqkoʻl viloyatida sodir boʻlgan jinoyat mamlakatda keng muhokamalarga sabab boʻldi. Avvalroq 17 yoshli Oysuluv ismli qiz zoʻrlab, keyin oʻldirib ketilgandi. Ushbu jinoyatda gumonlanayotgan 41 yoshli Qumarbek Abdirov qotillik boʻyicha tergovga batafsil izoh berdi.
Uning soʻzlariga koʻra, u qizni avval olma bogʻiga, keyin otasining uyiga olib borib zoʻrlagan. Soat 15:30 da qizni bogʻib oʻldirib, jasadini mashinasiga joylashtirgan va Kemin tumanida tashlab ketgan.
Qizning qarindoshlari uning yoʻqolganini osha kuni kechqurun xabar qilishgan. Abdirov poytaxt Bishkekda qoʻlga olindi.
Qirgʻiziston IIV maʼlumotiga koʻra, Abdirov avval ham ayollarga nisbatan zoʻravonlik qilgani va oʻtmishdagi bir necha jinoyatlarda gumonlangan. 2016 yilda odam oʻldirishga suiqasd, 2015 yilda ayolga hujum, 2006 yilda talonchilikda ayblangan. Shunga qaramay, u shartli ravishda ozodlikka chiqqan va yana ogʻir jinoyat sodir etgan.
Qozogʻiston va Qirgʻiziston jamoatchiligi Abdirovning sudlanishi va adolat qaror topishini talab qilmoqda.