Hodisa 16 oktyabr kuni Svobodniy shahri yaqinida yuz berdi. Avtobusda Turkiyaning Yamatakompaniyasi qurilishida ishlayotgan O‘zbekiston, Tojikiston va Turkiya fuqarolari bo‘lgan. To‘qnashuvdan so‘ng transport vositasi ag‘darilib ketgan.
Rasmiylarga ko‘ra, 49 kishi jarohat olgan, ulardan biri halok bo‘lgan. 14 nafar jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizilgan, bir kishi og‘ir ahvolda reanimatsiyada.
Voqea yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 238-1-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.