Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, olimpiada savollari Fan olimpiadalari markazi tomonidan tuzilgan bo‘lib, ularni hududiy boshqarmalarda markazlashtirilgan tartibda chop etish jarayonida ayrim xodimlarning mas’uliyatsizligi sababli materiallar internetda tarqalgan.
Ayni paytda ushu holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda, aybdor shaxslar aniklanib, qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortilishi aytildi.
Vazirlik 9–11-sinflar uchun matematika fanidan Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi qayta o‘tkazilishini ma’lum qildi.
Shuningdek, fuqarolardan noqonuniy savdo yoki tanish-bilishchilik holatlarini Fan olimpiadalari markaziga bevosita xabar qilish so‘ralgan.