AsosiyDunyo

Zelenskiy AQShdan yana qurol so'radi

Ukraina rahberi ushbu qurollar faqat Rossiyaning harbiy bazasiga yo‘naltirilishini aytdi.

'Zelenskiy AQShdan yana qurol so'radi'ning rasmi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Fox News’ga bergan intervyusida, agar AQSh Tomahawk raketalarini taqdim etsa, ular faqat harbiy nishonlarga qarshi ishlatilishini ta’kidladi. Bu haqda DW nashri ma’lum qildi.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina bu qurollarni tinch aholiga zarar yetkazish uchun emas, balki Rossiya armiyasining harbiy ob’ektlariga qarshi qo‘llaydi.

AQSh prezidenti Donald Trump esa hozircha bu raketalarni yetkazib berish masalasida yakuniy qaror chiqarmaganini bildirdi.

Shu bilan birga, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bunday qadam Moskva va Vashington o‘rtasidagi aloqalarni uzishga olib kelishi mumkinligini ogohlantirdi.

    Boshqa yangiliklar