AsosiyJamiyat

Oliy o‘quv yurtlarida talabalarga stipendiya berish nega kechikyabdi?

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mazkur holat yuzasidan munosabat bildirdi.

'Oliy o‘quv yurtlarida talabalarga stipendiya berish nega kechikyabdi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim oliy ta’lim muassasalar talabalariga stipendiya to‘lovlari o‘z vaqtida to‘lanmayotgani haqida tarqalgan xabar tarqaldi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mazkur xabar yuzasidan munosabat bildirdi.

Bildirilishicha, barcha davlat oliygohlarida yuqori kurs talabalariga stipendiyalar to‘lab berilgan. Ayrim OTMlarda 1-bosqich talabalariga stipendiya tayinlash bo‘yicha tegishli buyruqlarni rasmiylashtirish va bank plastik kartalarini ochish jarayoni kechikgan. Shu sababli to‘lovlar amalga oshirilmadan qolgan.

“Hozirda mazkur buyruqlar to‘liq rasmiylashtirilmogda va barcha oliy ta’lim muassasalari talabalariga stipendiya to‘lovlari joriy hafta yakunigacha amalga oshiriladi”, deyiladi vazirlik izohida.

Eslatib o‘tamiz, davlat OTMlarida stipendiyalar qariyb to‘rt yilga yaqin vaqt davomida oshirilmagandi. Faqatgina 2025 yil 1 avgustdan boshlab stipendiyalar 10 foizga ko‘tarildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bir talabani o‘qitish davlatga yiliga o‘rtacha 12–15 million so‘mga tushadi. O‘tgan yili kontrakt to‘lovlari miqdori esa o‘rtacha 7 million so‘mdan to‘g‘ri keladi.

O‘zbekistonda davlat granti avvalgidek to‘rt yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlash tizimiga o‘tilgan.

    Boshqa yangiliklar