AsosiyDunyo

Xitoyda "Ming" sulolasi tugatildi: 39 kishi sudlandi

Ularadan 11 nafariga o‘lim, 5 nafariga kechiktirilgan o‘lim, 11 nafariga umrbod qamoq, 12 nafariga esa 5 yildan 24 yilgacha qamoq jazosi berildi.

'Xitoyda "Ming" sulolasi tugatildi: 39 kishi sudlandi'ning rasmi

Xitoyning Venchjou shahrida o‘tkazilgan sud jarayonida “Ming” oilasi deb nom olgan yirik transmilliy jinoyat guruhining a’zolariga hukm o‘qildi. Xitoy davlat teleradiokorporatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, 39 nafar shaxs turli og‘ir jinoyatlar uchun javobgarlikka tortiladi, deyilmoqda "zamon.uz". 

Tergov materiallariga ko‘ra, “Ming” oilasi 2015 yildan beri Myanmaning Laukaing shahrida joylashgan firibgarlik markazlarini boshqarib kelgan. Ular noqonuniy qimorxona faoliyati, onlayn firibgarlik, narkotik moddalar savdosi va odam savdosi bilan shug‘ullangan.

Jinoyat tarmog‘ining noqonuniy daromadi 10 milliard yuandan (taxminan 1,4 milliard AQSh dollaridan) ortiq bo‘lgan. Laukaingdagi “Crouching Tiger Villa” nomi bilan tanilgan markazlarda 10 mingdan ortiq ishchi faoliyat yuritgan, ularning aksariyati majburiy mehnat va zo‘ravonlik qurboniga aylangan.

Sud qaroriga muvofiq, “Ming” oilasi a’zolariga quyidagi jazolar tayinlandi:

11 nafariga – o‘lim jazosi;

5 nafariga – kechiktirilgan o‘lim jazosi (2 yil muddat bilan);

11 nafariga – umrbod qamoq; 

12 nafariga – 5 yildan 24 yilgacha ozodlikdan mahrum etish.

“Ming” oilasi Myanmada eng ta’sirli jinoyiy guruhlardan biri sifatida tanilgan. 2023 yilda Myanma hukumati qidiruvdagi a’zolarning bir qismini Xitoy huquq-tartibot organlariga topshirgan. Oila yetakchisi Ming Syuechan hibs paytida joniga qasd qilgani aytiladi.

Xitoy hukumati tomonidan bunday jinoyat tarmoqlariga qarshi ko‘rilayotgan qat’iy choralar xalqaro miqyosda e’tibor qozonmoqda. Pekin bosimi ostida Tailand ham Myanma bilan chegaradosh hududlardagi noqonuniy markazlarga qarshi kurashni kuchaytirgan. Biroq, BMT ma’lumotiga ko‘ra, ayrim tarmoqlar faoliyatini Kambodja kabi boshqa davlatlarda davom ettirmoqda.

 BMT bunday tuzilmalarni “firibgarlik fabrikalari” deb atab, Xitoyning “Ming” oilasiga nisbatan keskin choralarini jinoyatchilikka qarshi murosasiz siyosatning namunasi sifatida baholadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'HAMAS Trump taklif etgan kelishuvga shartli rozilik bildirdi'ning rasmi

    Dunyo 04.10.2025 11:34

    HAMAS Trump taklif etgan kelishuvga shartli rozilik bildirdi

    Falastindagi HAMAS harakati Amerika prezidenti Donald Trump taqdim etgan tinchlik rejasi doirasida muhim bayonot berdi.

    'Talaba sun'iy intellekt bilan yozishmalarida jinoyat sodir etganini aytdi'ning rasmi

    Dunyo 03.10.2025 20:01

    Talaba sun'iy intellekt bilan yozishmalarida jinoyat sodir etganini aytdi

    Politsiya avtomobillarga ommaiviy shikast yetkazishda gumonlangan 19 yoshli talaba ChatGPT dan javobgarlikdan qanday qutilish mumkinligi haqida so‘ragan.

    'Hindiston hukumat yo'talga qarshi siroplarni taqiqladi'ning rasmi

    Dunyo 03.10.2025 17:57

    Hindiston hukumat yo'talga qarshi siroplarni taqiqladi

    Mamlakatdagı 14 nafar bolanıng noma'lum sababdan vafot etgani sabab qilib ko‘rsatilgan.

    'Marokashda Z avlod korrupsiyaga qarshi namoyish boshlandi'ning rasmi

    Dunyo 03.10.2025 17:09

    Marokashda Z avlod korrupsiyaga qarshi namoyish boshlandi

    Ichki ishlar vazirligi 409 kishini hibsga olgan.

    'Markaziy bank uchtа tijorat bankiga jarima soldi'ning rasmi

    Dunyo 03.10.2025 14:51

    Markaziy bank uchtа tijorat bankiga jarima soldi

    TBC Bank, Davr Bank va Hamkorbank'da qonunbuzarliklar aniqlandi.

    'Trump va Epsteynning haykali yana Kapitoliy yaqiniga o‘rnatildi'ning rasmi

    Dunyo 03.10.2025 14:34

    Trump va Epsteynning haykali yana Kapitoliy yaqiniga o‘rnatildi

    "Best Friends Forever" nomli haykal ruxsatnoma olgach, Vashingtondagi Milliy Mall hududiga qayta tiklandi.