AsosiyJamiyat

Bugun ish bir soatga erta tugaydi

Bu mehnat qonunchiligida belgilab qo'yilgan.

'Bugun ish bir soatga erta tugaydi'ning rasmi

Bugun, 30 sentyabr, barcha xodimlar ish joyini odatdagidan bir soat avval tark etishlari mumkin. Bu mehnat qonunchiligida belgilab qo‘yilgan.

O‘zbekiston Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, bayram oldidan bir kunlik ish kuni kamida bir soatga qisqartiriladi. Shu munosabat bilan bugun, 30-sentyabr kuni, barcha tashkilot va korxonalarda xodimlar ishni belgilangan vaqtdan bir soat oldin tugatish huquqiga ega.

Eslatib o‘tamiz, ertaga — 1 oktyabr, chorshanba kuni, O‘qituvchi va murabbiylar kuni nishonlanadi va dam olish kuni hisoblanadi.

    Boshqa yangiliklar