AsosiyJamiyat

"Bo'zsuv" kanalida rangli oqova suv aniqlandi

"O'zsuvta'minot" rasmiy izoh berdi.

'"Bo'zsuv" kanalida rangli oqova suv aniqlandi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Bo'zsuv" kanaliga rangli oqova suvlari oqizilyapti, degan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan "O'zsuvta'minot" AJ rasmiy izoh berdi.

Ma'lum qilinishicha, Toshkent shahridan chiqayotgan oqova suvlarni biologik usulda tozalovchi 3 ta inshoot mavjud. Ular aholi tomonidan kelayotgan maishiy suvlar uchun mo'ljallangan bo'lib, ishlab chiqarishdagi kimyoviy chiqindilarni tozalash uchun moslanmagan.

"Aslida har bir ishlab chiqaruvchi korxonada kimyoviy tashlamalarni filtrlaydigan lokal inshoot bo'lishi lozim. Biroq, ularni ekspluatatsiya qilish qimmatga tushgani bois, ba'zi korxonalar oqova suvlarni to'g'ridan to'g'ri kanalizatsiyaga oqizib yubormoqda", — deyiladi xabarda.

Rasmiy ma'lumotga ko'ra, kanalga tushayotgan rangli suvlar asosan tekstil korxonalari chiqindilari hisoblanadi. "O'zsuvta'minot" barcha ishlab chiqaruvchilarni bu kabi xatti-harakatlardan voz kechishga va tabiat hamda jamiyat me'yorlariga rioya qilishga chaqirdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Xayrullo Ibadullayevga Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonada “Jasorat” medali topshirildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 17:17

    Xayrullo Ibadullayevga Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonada “Jasorat” medali topshirildi.

    Tadbırda so‘zga chiqqan Hayrullo Ibadullayev usbu yuqsaq e’tirof uchun Davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirib, bunday vaziyatda har bir o‘zbek farzandi bolaning hayotini saqlab qolish uchun shunday yo‘l tutishi tabiiy ekanini ta’kidladi.

    'Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Oʻtamurod Raimboevga BYD Chazor avtomobili sovgʻa qilindi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:35

    'Ehtiyojmand oilalarga 422,4 mlrd so‘m moddiy yordam ajratildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:35

    Ehtiyojmand oilalarga 422,4 mlrd so‘m moddiy yordam ajratildi

    Birinchi bosqichda 616 mingdan ortiq oila davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlandi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:32

    'Telegram orqali psixotrop modda sotganlar ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:20

    Telegram orqali psixotrop modda sotganlar ushlandi

    Gumonlanuvchilar giyohvand moddalarni bot orqali sotib, belgilangan joylarga yashirib qoldirgan.

    'Toshkentda 10-sinf o‘quvchisi BMW’da YPI inspektorini urib yubordi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:10

    Toshkentda 10-sinf o‘quvchisi BMW’da YPI inspektorini urib yubordi

    Voyaga yetmagan haydovchi avtomobilni guvohnomasiz boshqargan. Holat yuzasidan prokuratura tekshiruv boshladi.