AsosiyDunyo

Trump AQShda tugʻma fuqarolikni bekor qilmoqchi

Oq uy tugʻma fuqarolikni bekor qilishga oid farmonni qoʻllab-quvvatlash uchun yana Oliy sudga murojaat qildi.

'Trump AQShda tugʻma fuqarolikni bekor qilmoqchi'ning rasmi

Oq uy Donald Trump ma'muriyatining tug'ma fuqarolikni bekor qilishga oid farmonini kuchda qoldirish uchun AQSH Oliy sudiga murojaat qildi, deya yozmoqda "Zamon.uz". 2025 yil 26 sentyabrida yuborilgan murojaat shu masalada bir yil ichida oliy sudga ikkinchi marta qayrilish hisoblanadi.

2025 yil 20 yanvarida imzolangan farmonga ko'ra, AQSH hududida noqonuniy migrantlar yoki vaqtincha chet ellik fuqarolardan tug'ilgan bolalarga avtomatik ravishda fuqarolik huquqi berilishi taqiqlanadi. Ma'muriat bunday amaliyotni 14-tuzatishning "noto'g'ri talqini" deb hisoblab, uni mamlakat uchun "salbiy oqibatlarga olib keluvchi" omil sifatida baholamoqda.

 

Quyi sudlar hozirgacha mazkur siyosatni bir necha bor to'xtatib qo'ygan. Iyul oyida San-Fransisko apellyatsiya sudi federal sudyaning AQSH bo'ylab Trump farmonini bloklash haqidagi qarorini tasdiqlagan edi. Shu oyda Nyu-Gempshir sudyasi ham ACLU da'vosini qondirib, farmonning yangi tug'ilgan chaqaloqlarga tatbiq etilishiga to'sqinlik qildi.

 

Oq uy usbu siyosat oxir-oqibat Oliy sud tomonidan qo'llab-quvvatlanishiga umid qilmoqda. Biroq masalani ko'rib chiqish uchun zarur bo'lgan to'rt sudya ovoz ta'minlanishi nomalumligicha qolmoqda.

 

Himoyachilar farmonni konstitutsiyaga zid deb hisoblashmoqda. ACLU vakili Kodi Vofsi uni "noqonuniy" deya atagan. Mazkur masalada 1898 yilda Oliy sudning Vong Kim Ark ishi bo'yicha chiqargan qarori pretsedent bo'lib xizmat qilmoqda. O'shanda sud AQSHda tug'ilgan xitoylik muhojirlarning farzandlariga fuqarolik huquqini tan olgan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:46

    'Трамп Украина можаросини бир ойда тугатмоқчи, Зеленский эса бошқа муддатни таклиф қилди'ning rasmi

    Dunyo Bugun 06:58

    Трамп Украина можаросини бир ойда тугатмоқчи, Зеленский эса бошқа муддатни таклиф қилди

    AQSh prezidenti mojaroni tezroq yakunlash tarafdori ekanini bildirgan, Ukraina rahbari esa bu borada boshqacharoq fikr bildirgan.

    'Klodiya Sheynbaum Elon Maskni sudga berishi mumkin'ning rasmi

    Dunyo 25.02.2026 13:24

    Klodiya Sheynbaum Elon Maskni sudga berishi mumkin

    Илон Маск Мексика президентини наркокартеллар билан алоқадорликда айблаганидан кейин ҳукумат ҳуқуқий чоралар масаласини кўриб чиқмоқда.

    'Kim Chen In 13 yoshli qiziga yadroviy kuchlar nazoratini topshirgani aytildi'ning rasmi

    Dunyo 25.02.2026 12:40

    Kim Chen In 13 yoshli qiziga yadroviy kuchlar nazoratini topshirgani aytildi

    Janubiy Koreya razvedkasiga ko‘ra, uning qizi Kim Ju Ye raketa dasturi bilan bog‘liq yuqori lavozimni egallagan va harbiylarga ko‘rsatmalar bermoqda.

    '10 kunlik ultimatum: Donald Trump Erondi kelishuv yoki zarba o'rtasida tanlovga majbur qilmogda'ning rasmi

    Dunyo 25.02.2026 06:56

    ''ning rasmi

    Dunyo 24.02.2026 14:27