AsosiyDunyo

AQSh va Qozogʻiston oʻrtasida 4,2 mlrd dollarlik lokomotiv shartnomasi imzolandi

AQSh kompaniyasi Wabtec Qozogʻiston bilan tarixdagi eng yirik temiryoʻl bitimini tuzdi.

'AQSh va Qozogʻiston oʻrtasida 4,2 mlrd dollarlik lokomotiv shartnomasi imzolandi'ning rasmi

Kelishuv qiymati 4,2 milliard dollar bo‘lib, uning doirasida Ostona shahridagi Wabtec zavodida 300 ta zamonaviy yuk lokomotivi ishlab chiqariladi va servis xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

Zavod 2009 yildan buyon faoliyat yuritib, shu vaqtgacha 600 dan ortiq lokomotiv ishlab chiqargan.

Mazkur bitim AQSh Prezidenti Donald Trump va Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev uchrashuvidan so‘ng e’lon qilindi.

    Boshqa yangiliklar