AsosiyDunyo

Turkiyada 21 yoshli qiz noyob jarrohlik amaliyotidan o‘tdi

Qizning tanasidan 287 ta tosh olib tashlangan.

'Turkiyada 21 yoshli qiz noyob jarrohlik amaliyotidan o‘tdi'ning rasmi

Turkiyada 21 yoshli qizning tanasidan 287 ta tosh olib tashlandi Turkiyaning Karabuk viloyatida istiqomat qiluvchi 21 yoshli qiz noyob jarrohlik amaliyotidan o‘tdi. Bu haqda Zamon.uz ma’lum qildi.

Uzoq davom etgan qorindagi kuchli og‘riqlar sabab shifoxonaga murojaat qilgan bemorning tekshiruvlari chog‘ida tanasida ko‘plab toshlar aniqlandi.

Shifokorlar tomonidan o‘tkazilgan murakkab operatsiya jarayonida qizning siydik yo‘llari va buyraklaridan jami 287 dona tosh olib tashlandi. Olib tashlangan toshlarning eng kattasining diametri 2,5 santimetr ekani qayd etildi.

Tibbiy xodimlarning ta’kidlashicha, bemor tug‘ma urologik kasallik bilan dunyoga kelgan bo‘lib, ushbu holat juda kam uchraydigan tibbiy jarayon sifatida qayd qilindi.

Operatsiyadan keyin bemorning ahvoli barqarorlashgani, shifokorlar nazorati ostida davolanishi davom etayotgani bildirildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '"Ozodlik vaqti keldi" - Trump eronliklarga murojaat qildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:19

    "Ozodlik vaqti keldi" - Trump eronliklarga murojaat qildi

    AQSh prezidenti Donald Trump Eron hududida Isroil bilan birgalikda harbiy amaliyot boshlanganini e'lon qilib, eronliklarni amaldagi tuzumni ag'darishga chaqirdi.

    'Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi vatandoshlarga ogohlantirish berdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 08:01

    Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi vatandoshlarga ogohlantirish berdi

    Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi 28 fevral kuni mamlakat hududida kuchli raketa hujumlari kuzatilishi kutilayotgani haqida murojaat yoʻlladi.

    'AQSH va Isroilning Eronga qarshi operatsiyasi oylab davom etishi mumkin'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:50

    AQSH va Isroilning Eronga qarshi operatsiyasi oylab davom etishi mumkin

    Бу ҳақда Исроил хавфсизлик манбаси 12-каналга маълум қилган.

    'Хоманаий Теҳрондан хавфсиз жойга кўчирилди'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:33

    Хоманаий Теҳрондан хавфсиз жойга кўчирилди

    Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy Isroil va AQSh bilan bog'liq ehtimoliy hujumlar fonida Tehron olib chiqilgani haqida xabarlar tarqaldi.