AsosiyDunyo

Pensiyaga chiqish uchun eng qulay davlat qaysi?

Mazkur ma’lumot global reytingda e’lon qilindi.

'Pensiyaga chiqish uchun eng qulay davlat qaysi?'ning rasmi

Global Intelligence unitning 2025-yilgi “Pensiya hisoboti”ga ko‘ra, xorijda pensiyaga chiqish uchun eng yaxshi mamlakat Portugaliya deb topildi.

Reytingda, shuningdek, Mavrikiy, Ispaniya, Urugvay va Avstriya ham yuqori o‘rinlarni egallagan. Mazkur reyting xalqaro pensiya migratsiyasi bo‘yicha 44 davlatdagi 44 ta vizalar, passiv daromad dasturlari va yashash sharoitlari asosida tuzilgan.

Baholashda 20 ta ko‘rsatkich oltita kichik indeksga birlashtirilgan. Portugaliya pensiyaga chiqishni rejalashtirayotgan xorijliklar uchun D7 visasini taklif etadi.

Ushbu visa pensiya yoki ijara daromadi kabi barqaror passiv daromadga ega bo‘lgan shaxslarga mamlakatda doimiy yashash imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda esa pensiya yoshi bosqichma-bosqich oshirilishi rejalashtirilmoqda. Loyihaga ko‘ra, erkaklar uchun pensiya yoshi 63 yoshga, ayollar uchun esa 58 yoshga yetkazilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar