AsosiyJamiyat

Ukrainada 13 nafar o‘zbek qullikda saqlanagan i aytildi

Bu odamlarni eng og‘ir darajada xorlashgan: hatto hojatxonaga borishga ham belgilangan jadval asosida ruxsat etilgan — Ukraina prokuraturasi.

'Ukrainada 13 nafar o‘zbek qullikda saqlanagan i aytildi'ning rasmi

Ukrainaning Kiyev viloyatida 13 nafar O‘zbekiston fuqarosi qullikda saqlangani ma’lum bo‘ldi. Bu jinoyat schemasini tashkil qilgan 4 nafar shaxs tergovga tortilib, sud qilinadi. Bu haqda TCh nashri xabar berdi.

Bildirilishicha, poytaxt Kiyev yaqinida ikki nafar xitoylik, bir nafardan O‘zbekiston va Ukraina fuqarosi odamlarni ekspluatatsiya qilish bo‘yicha schema ishlab chiqqan. Gumonlanuvchilar qo‘lga olingan.

Ayblanuvchilar potentsial qurbonlarni chet davlatlardan izlab topishgan va Ukrainaga olib kelishgan. Ular majburlab ishlatilgan va daromadni boshqalar o‘zlashtirgan.

“Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, gumondorlar majburlash va aldachilik yo‘li orqali foydalangan. Ular bu jinoyiy faoliyatiga ish joyiga ega bo‘lmagan, og‘ir moddiy ahvolda qolgan va ijtimoiy jihatdan himoyasiz shaxslarni jalb qilishgan”— deyilgan Ukraina huquq-tartibot tashkilotlarining xabarida.

Majburiy mehnatga jalb qilinganlar ustidan qattiq nazorat o‘rnatilgan. Ularga erkin harakat qilish imkoniyati berilmagan.

“Bu odamlarni eng og‘ir darajada xorlashgan: hatto hojatxonaga borishga ham belgilangan jadval asosida ruxsat etilgan. Eng kichik qoidabuzarlik uchun ham jarima solingan”, — deyilgan Ukraina prokuraturasining bayonotida.

    Boshqa yangiliklar